«noqonuniy qurilish» tegli maqolalar


2023-yilda 4 mingga yaqin noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilgan
29 yanvar 2024, 12:27

2023-yilda 4 mingga yaqin noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilgan

O‘zbekistonda 2023-yilda 4 mingga yaqin noqonuniy qurilish holati aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi ikki yilda ko‘p qavatli uylarga tutash maydonlarda 7 mingdan ortiq o‘zboshimcha qurilish bo‘lgan, yana 5 mingta holatda umumiy foydalanishdagi joylar to‘sib olingan.

Toshkent viloyatidagi dendroparkda noqonuniy qurilgan binolar buzilmoqda
8 noyabr 2023, 11:28

Toshkent viloyatidagi dendroparkda noqonuniy qurilgan binolar buzilmoqda

Toshkent viloyatidagi “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi (dendropark)da noqonuniy qurilgan binolarni sud qarori asosida buzish boshlandi. Avvalroq hududda daraxtlar nobud qilingani, yer ajratish va undan foydalanish qoidalari buzilgani aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Toshkent viloyatidagi dendroparkda noqonuniy binolar qurilgani va qimmatbaho daraxtlar kesilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
23 oktabr 2023, 22:46

Toshkent viloyatidagi dendroparkda noqonuniy binolar qurilgani va qimmatbaho daraxtlar kesilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Toshkent viloyatida dendroparkda 2017-yildan buyon qator obyektlar noqonuniy qurilgani va qimmatbaho daraxtlar kesilgani holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. O‘rmon xo‘jaligi agentligi, “Darxon” stansiyasi, Toshkent tumani hokimligi xodimlari va boshqalarga qarshi ish qo‘zg‘atilgan.

Samarqanddagi buzilishi belgilangan 12 qavatli binoda qahvaxona ishlayotgani aniqlandi
24 may 2023, 11:08

Samarqanddagi buzilishi belgilangan 12 qavatli binoda qahvaxona ishlayotgani aniqlandi

Samarqand tumanida 10 yil davomida noqonuniy qurib kelingan 12 qavatli binoni 2022-yilda seysmik holati va boshqa talablarga javob bermagani uchun buzish bo‘yicha sud qarori berilgan. Shunga qaramay, u yerda qahvaxona ishlayotgani aniqlandi va MIBga qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha xat yo‘llandi.

Toshkentda bino qurilishiga norozi bo‘lgan aholi bilan janjallashgan kompaniya vakillari 10 sutkaga qamaldi
21 may 2023, 18:40

Toshkentda bino qurilishiga norozi bo‘lgan aholi bilan janjallashgan kompaniya vakillari 10 sutkaga qamaldi

Toshkentning Yunusobod tumanida qo‘p qavatli uylar orasiga “dom” qurmoqchi bo‘lgan kompaniya vakillari va aholi o‘rtasida nizo kelib chiqdi. Poytaxt hokimligi aholi roziligisiz hududda qurilish amalga oshirilmasligini, IIBB esa fuqarolar bilan janjallashgan shaxslar 10 sutkaga qamalganini ma’lum qildi.

Toshkentda bino 3 qavat o‘rniga 12 qavat qilib qurilgani bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritildi
11 may 2023, 14:20

Toshkentda bino 3 qavat o‘rniga 12 qavat qilib qurilgani bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritildi

Uchtepa tumanida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi eskiz loyihasida 3 qavat bo‘lishi ko‘rsatilgani, biroq amalda 12+1 qavat qilib qurilayotgani aniqlandi. Qurilish vazirligi boshqarmasi holatni o‘rganib, binoning qo‘shimcha qismini buzish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritdi.

Toshkentda ko‘p qavatli uy ustida «uy» qurilgani aniqlandi
15 fevral 2023, 22:27

Toshkentda ko‘p qavatli uy ustida «uy» qurilgani aniqlandi

Qurilish vazirligi Toshkentdagi yangi ko‘p qavatli turar joy binolaridan birining tomida uy ko‘rinishidagi noqonuniy qurilish aniqladi. Uning egasiga jarima solinib, 15 kun ichida uni buzish topshirildi.

Andijondagi maktab stadioni o‘rnida bino qurilishi to‘xtatildi
15 noyabr 2022, 12:09

Andijondagi maktab stadioni o‘rnida bino qurilishi to‘xtatildi

Qurilish vazirligi Andijondagi 50-maktab stadioni o‘rnida bino qurilishi loyihaga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritilgani uchun to‘xtatilganini ma’lum qildi. Vazirlik qurilish bo‘yicha barcha zarur xulosalar olinganini qayd etdi. Avvalroq prokuratura hokim qarori qalbaki ekanini ma’lum qilgandi.

Andijondagi maktab stadioni o‘rnida qalbaki hujjat asosida bino qurilmoqda
14 noyabr 2022, 13:05

Andijondagi maktab stadioni o‘rnida qalbaki hujjat asosida bino qurilmoqda

Andijon shahridagi 50-maktab stadioni o‘rnida ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilmoqda. Yozda hibsga olingan shahar hokimining yer ajratish haqidagi tegishli qarori soxta bo‘lib chiqdi.

Toshkentda 7 qavatli turar-joy tomiga qo‘shimcha qavat qurilayotgani aniqlandi
21 sentabr 2022, 12:38

Toshkentda 7 qavatli turar-joy tomiga qo‘shimcha qavat qurilayotgani aniqlandi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida fuqarolar yetti qavatli uyning tomiga qo‘shimcha qavat qurilayotgani yuzasidan norozilik bildirdi. Kompaniya mansarda qavat va tom qismiga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritgan, shu bois tegishli da’vo arizasi sudga yuboriladi, deya ma’lum qildi Qurilish vazirligi.

Qibrayda qurilish boshlagan ikki kompaniya qishloq xo‘jaligi yerlariga 1,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi
5 may 2022, 13:23

Qibrayda qurilish boshlagan ikki kompaniya qishloq xo‘jaligi yerlariga 1,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi

Qibray tumanida ikki kompaniya sug‘oriladigan ikkita yer maydonida noqonuniy qurilish ishlari olib bordi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yetkazilgan zarar 1,8 mlrd so‘mdan ortiq deb baholandi.

Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi hovlidagi qurilishga qarshi chiqmoqda
24 yanvar 2022, 20:57

Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi hovlidagi qurilishga qarshi chiqmoqda

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani «Kamolot» mahallasidagi beshta uyda yashovchi aholi daraxtlar o‘sib turgan hovlida ko‘p qavatli uy qurilishiga qarshi chiqdi. Ular miting o‘tkazishga ruxsat olish uchun murojaat qilishga majbur bo‘lganlarini aytishdi. Tuman hokimligi bunday holat bo‘lmaganiga qaramasdan, mitingga chaqiriq uchun javobgarlik haqida ogohlantirdi.

Nazarbekdagi noqonuniy qurilish senatorlar aralashuvidan so‘ng to‘xtatildi
13 yanvar 2022, 13:07

Nazarbekdagi noqonuniy qurilish senatorlar aralashuvidan so‘ng to‘xtatildi

Nazarbekda maktab va bolalar bog‘chasini qurishga mo‘ljallangan yer uchastkasi noqonuniy ravishda tadbirkorga berib yuborilgan. Senatorlar aralashuvidan so‘ng u boshlagan qurilish ishlari to‘xtatildi.

Andijonda noqonuniy qurilish tadbirkorning o‘z hisobidan buzilmoqda
10 fevral 2021, 19:05

Andijonda noqonuniy qurilish tadbirkorning o‘z hisobidan buzilmoqda

Andijon viloyatida 7 qavatli uy qurishga ruxsat olgan tadbirkor yana bir qavat qurib olgani aniqlandi. Noqonuniy qurilish tadbirkor hisobidan buzilmoqda. Bundan tashqari, qurilishdagi texnik nazoratchining qurilish bo‘yicha ma’lumot va tajribasi yo‘qligi, savdo yo‘nalishida faoliyat yuritishi ma’lum bo‘ldi.

Buxoroda portlagan uy noqonuniy qurilgan — Qurilish vazirligi
6 fevral 2021, 12:26

Buxoroda portlagan uy noqonuniy qurilgan — Qurilish vazirligi

Buxoro shahrida portlagan uyning 7−8 qavatli etib qurilishi uchun tasdiqlangan konsepsiya loyihasi buzilib, o‘zboshimchalik bilan qavatlar soni oshirilganligi ma’lum bo‘ldi. Shaharsozlik hujjatlarini to‘liq rasmiylashtirmasdan qurilish ishlarini olib borayotganligi uchun inspeksiya xodimlari tomonidan ogohlantirish ham berilganligi aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting